Visit Uzbekistan

Olovuddinning sehrli shamchirog'i

Teatr

Olovuddinning sehrli shamchirog'i
Sanalar
13-noyabr, 2026, 18:00; 14-noyabr, 2026, 12:30
Joy
"Silk Route" qo'g'irchoq teatr-studiyasi, Ekopark, Toshkent
Narxi
100 000 so‘m

Hayot qaynaydigan sharq bozori. Qovun va tarvuzlar rastasi orasida Xo'ja Nasriddin Olovuddin haqidagi ertakni so'zlab bermoqda: "Go'zal va betakror shaharlarning birida juda mehribon.... yashagan ekan".... "Juda qahri qattiq...." desangizchi, deya gapga qo'shiladi Nasriddinning uzunquloq eshagi va hamma biladigan ertak yangi va noodatiy qo'g'irchoq teatri sahnasida yangicha mazmunda namoyon bo'ladi. Ushbu ertak xuddi mislsiz xazinalar orasida yalt etib ko'zga tashlanadigan chiroq singari asrlar o'tsa ham tomoshabinlarni ohanrabodek o'ziga tortaveradi! Olovuddinning uyi hammamizga tanish ko'rinishga ega – hovlisida supa va uzumzor bor. Bir yonda esa battol afsungarning qora qorong'u g'ori. Saroy devorlarining qordek oppoq ganchkor naqshlari ko'zni quvnatadi. Aldanib qolgan oshiq yigit Olovuddin va o'ziga yetarlicha qaysar, shu bilan birga vafodor malika Budur. Eng asosiysi, bu ertakni har qanday istakni bajarishga tayyor bo'lgan, tutun orasidan chiqib keladigan Jinsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Xo'sh, u do'sti uchun xo'jasining buyrug'iga qarshi bora oladimi? Ertak qahramonlarini yana qanday sinovlar kutib turibdi?

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar