Ta'lim xakatoni 2026
Ta‘lim

- Sanalar
- 24-noyabr, 2026 – 25-noyabr, 2026
- Narxi
- Bepul
Innovatsion g'oyani amaliy loyihaga aylantirmoqchi bo'lgan yoshlar uchun xakaton. Ishtirokchilar huquqni muhofaza qilish sohasidagi ta'limni yaxshilashga xizmat qiladigan yangi g'oyalar ustida ishlaydi.
Xakatonda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari hamda respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari 3 nafargacha a'zodan iborat jamoalar bilan bepul ishtirok etishlari mumkin.
Eng yaxshi jamoalar sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o'rin — MacBook Air, 2-o'rin — Core i5 protsessorli noutbuk, 3-o'rin — Core i3 protsessorli noutbuk.
Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha maxsus sovg'alar topshiriladi: Eng yaxshi AI yechim, Eng yaxshi startap g'oya, Eng yaxshi UI/UX dizayn, Eng yaxshi ijtimoiy ahamiyatli loyiha, Tomoshabinlar tanlovi, Eng yaxshi qizlar jamoasi.
G'olib jamoalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish, mentorlar ko'magidan foydalanish hamda o'z loyihalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ro'yxatdan o'tish muddati 20-noyabrgacha. Tashkilotchilar: Yoshlar ishlari agentligi, Robototexnika va muhandislik assotsiatsiyasi, Startup Fest.
Dam olish kunlari sayohatlari va turlar
- Tashkent City Tour — Toshkent shahri
- Zaaminda Yangi yil: Wyndham mehmonxonasi — Jizzax
- Amirsoy va kiyik fermasi: qishki bir kunlik sayohat — Toshkent viloyati
- Zomin: 9 ta lokatsiyali sayohat — Jizzax
- Barcha turlar