Bo'g'irsoq aql izlab
Teatr

- Sanalar
- 6-noyabr, 2026, 18:00; 7-noyabr, 2026, 12:30
- Joy
- "Silk Route" qo'g'irchoq teatr-studiyasi, Ekopark, Toshkent
- Narxi
- 100 000 so‘m
Bolalar xonasidagi o'yinchoqlar saqlanadigan javonda bolaning tasavvur olami mahsuli bo'lgan o'zgacha olam mavjud. Javonning eshiklari ochilishi bilan yaqindagina pishirilgan Bo'g'irsoqqa jon kirib, quloqsizlik qila boshlaydi, o'rmon jonivorlari esa qo'shiqlar kuylashadi va turli nayranglar o'ylab topishadi, bobo bilan momo esa mo'jizalarga ishonishadi. Jonsiz buyumlar esa qo'yib bersangiz raqsga tushib ketishga tayyor.
Qo'g'irchoq teatrida bularning bari bo'lishi mumkin, bir zumda yog'och uycha sirli o'rmonga aylanadi, Bo'g'irsoq esa aqqli va dono bo'laman deb uydan qochib ketadi. Yo'lda uni turli sarguzashtlar kutib turibdi. O'rmondagi har bir hayvon o'zi yetguncha aqlli va uddaburon, ular Bo'g'irsoqqa baxtli hayot sirini o'rgatishga, shu bilan birga uni paqqos tushirishga tayyor. Uydan qochib ketish uchun judayam aqqli bo'lish shart emas, ammo yo'lingni yo'qotmay qaytib kelish mushkul, bunda ko'proq yurak amriga quloq tutish kerak. Bo'g'irsoq haqidagi ertak qo'g'irchoq teatri uchun ataylab yozilgan bo'lsa ajab emas. Boshqa yana qayerda ertagimizning bosh qahramonini mana shunday qizarib pishgan va jonli holatda uchratish mumkin?! Bir qarashda unda quyosh aksini ko'rasiz. O'rmon jonivorlari ham hiyla-nayranglariga qaramay, juda ham maftunkor va jozibali...
Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish
Toshkentda yaqin tadbirlar
- Mastercard x ITICKET.UZ — 1-yanvar, 2026, iticket.az
- Tashkent City Tour — 16-yanvar, 2026, O'zbekiston mehmonxonasi
- Gyote institutida yosh rassomlar uchun San'at Up dasturi — 16-iyul, 2026, Gyote-Institut
- "Toshkent City" Sayilgohi — 6-avgust, 2026, Tashkent City Planetarium
- Mohamed Benshalalning ko‘rgazmasi — 5-sentabr, 2026, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- CCA Tashkent ochilishida “Hikmah” ko‘rgazmasi — 6-sentabr, 2026, Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent)