Imom Buxoriy innovatsion muzeyi
Ko‘rgazmalar

- Sanalar
- 6-noyabr, 2026, 09:00; 6-noyabr, 2026, 10:00; 6-noyabr, 2026, 11:00; 6-noyabr, 2026, 12:00; 6-noyabr, 2026, 13:00; 6-noyabr, 2026, 14:00; 6-noyabr, 2026, 15:00; 6-noyabr, 2026, 16:00; 6-noyabr, 2026, 17:00; 6-noyabr, 2026, 18:00
- Joy
- Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi
- Manzil
- Xo'ja Ismoil, Samarqand viloyati
- Narxi
- 20 000 so‘m – 420 000 so‘m
IMOM BUXORIY INNOVATSION MUZEYI HAQIDA
Yangi O'zbekistonda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish va targ'ib qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Shu yo'nalishda amalga oshirilgan muhim loyihalardan biri – Imom Buxoriy innovatsion muzeyi hisoblanadi. Ushbu muzey buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy faoliyati va bebaho merosini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.
Muzeyni tashkil etish g'oyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil avgust oyida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, Imom Buxoriy merosini chuqur o'rganish va uning ahamiyatini keng targ'ib qilishdan iborat.
Muzey ekspozitsiyalari zamonaviy interaktiv usullar orqali tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarga Imom Buxoriy yashagan davr muhiti, ilm yo'li va hayoti haqida to'liq tasavvur beradi.
Muzey 9 ta tematik pavilyondan iborat bo'lib, ular quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi: “Nubuvvat va Muhammad alayhissalom”, “Hadisi sharif”, “Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati”, “Imom Buxoriy – buyuk fenomen”, “Imom Buxoriy fazilatlari”, “Imom Buxoriy avlodlari”, “Al-Jome' as-sahih” – islom dinining ikkinchi yozma manbasi, “Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati”.
Xususan, “Al-Jome' as-sahih” asari islom dinining Qur'oni karimdan keyingi eng ishonchli manbalaridan biri sifatida alohida ahamiyatga ega bo'lib, muzeyda uning mazmuni, tarjimalari va dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari haqida ma'lumotlar taqdim etiladi.
Muzeyning yana bir muhim jihati – interaktiv o'yinlar (bolalar uchun innovatsion “uchar gilam”) va zamonaviy texnologiyalar orqali tashrif buyuruvchilar, ayniqsa yoshlarning qiziqishini oshiradi. Bu kabi yechimlar muzey muhitini jonlantirib, ta'limiy jarayonni yanada qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladi. Natijada tashrif buyuruvchilar, ayniqsa yoshlar, Imom Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yo'q” degan g'oyasini chuqur anglab yetadilar.
Mahalliy
• Kattalar — 50 000 so'm (18 va undan katta yoshdagi fuqaro)
• Bolalar — 20 000 so'm (7–17 yoshdagi bolalar)
Xorijiy fuqarolar
• Kattalar — 250 000 so'm (18 va undan katta yoshdagi fuqaro)
• Bolalar — 180 000 so'm (7–17 yoshdagi bolalar)
VIP chipta
• Mahalliy — 150 000 so'm
• Xorijiy fuqarolar — 420 000 so'm