IT Park Inkubatsiya dasturi
Ta‘lim

- Sanalar
- 16-noyabr, 2026
IT Park Uzbekistan startaplar uchun 1 oylik intensiv inkubatsiya dasturini yana 9 ta hududda ishga tushirmoqda. Dastur yoshlar, talabalar va o'z startapini o'stirmoqchi bo'lgan barcha ishtirokchilar uchun mo'ljallangan. Format: onlayn va oflayn, davomiyligi: 1 oy.
Hududlar: Navoiy viloyati, Namangan viloyati, Sirdaryo viloyati, Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Xorazm viloyati, Jizzax viloyati va Buxoro viloyati.
Kimlar qatnashishi mumkin: oliy ta'lim muassasalari talabalari, IT o'quv markazlari tinglovchilari, IT kompaniyalari mutaxassislari va startap g'oyasiga ega barcha yoshlar.
Dastur davomida siz Lean Startup metodologiyasini o'rganasiz, mentorlar va ekspertlar bilan ishlaysiz, g'oyangizni real bozor talablariga moslashtirasiz, jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirasiz, o'z MVP'ingizni yaratish ustida ishlaysiz va startapingizni investorlar oldida taqdim etishga tayyorlanasiz.
Arizalar qabuli 12-noyabrgacha.