Visit Uzbekistan

Meros ansamblining "Toki Telpak-Furushon" konserti

Konsertlar

Meros ansamblining "Toki Telpak-Furushon" konserti
Sanalar
8-dekabr, 2026, 19:00
Joy
Mark Vayl nomidagi "Ilhom" teatri, Toshkent
Manzil
Paxtakor ko'chasi, 5
Narxi
170 000 so‘mdan

"Ilhom" teatrida Meros ansambli "Toki Telpak-Furushon" dasturi bilan chiqish qiladi.

Meros — o'z loyihalarini O'zbekistonning me'moriy yodgorliklariga bag'ishlaydigan musiqiy ansambl. Musiqachilar Markaziy Osiyoning an'anaviy musiqasi, jaz improvizatsiyasi, akademik musiqa va elektronikani birlashtiradi: qadimiy kuylar va ritmlar an'anaviy cholg'ularda elektron tembrlar bilan birga yangraydi.

"Toki Telpak-Furushon" — turli davrlar, an'analar va tovush olamlari bir-biriga uyg'unlashadigan musiqiy sayohat.

Tarkib: Yasmina Omar-Mun (vokal), Mamurjon Pulatov (vokal, sato, dutor), Sherzod Nazarov (doira, perkussiya), Katerina Neprук (bas-gitara, elektronika), Sanjar Nafikov (klavishlar), Suhrob Nazimov (puflama cholg'ular, elektronika).

Yosh cheklovi — 14+.

Chipta narxi — 170 000 so'mdan.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar

Dam olish kunlari sayohatlari va turlar