Toshkent modernizmi binolari bo‘ylab piyoda ekskursiya
Festivallar

- Sanalar
- 8-noyabr, 2026, 10:00
- Narxi
- 350 000 so‘m
Toshkent seysmik modernizmi binolari bo‘ylab piyoda ekskursiya “O‘zbekiston” mehmonxonasidan boshlanadi. Ishtirokchilar mehmonxona zinapoyalarida yig‘iladi.
Muallif ekskursiyani me’moriy-tarixiy stendap deb ataydi. Unda Toshkent tarixi me’morlarning katta maqsadlari, bino aholisining sirlari va shahar folklori orqali, zerikarli akademik ma’ruzalarsiz hikoya qilinadi.
Yo‘nalishdan “Zarafshon” restorani, O‘zbekiston tarixi muzeyi, tahririyat-nashriyot majmuasi, Rassomlar uyushmasi ko‘rgazmalar zali, Markaziy universal do‘kon (SUM), “Moviy gumbazlar” kafesi, “Marvarid” eksperimental turar joy binosi, Kosmonavtlar maydoni, Poyabzal uyi va Qo‘g‘irchoq teatri o‘rin olgan. Yo‘l davomida qahva ichish uchun tanaffus ham rejalashtirilgan.
Bu yo‘nalishning birinchi qismi bo‘lib, davomiyligi 2,5−3 soatni tashkil etadi.
Ishtirokchilarga quvvati to‘ldirilgan smartfon (yo‘nalish davomida loyihaning Telegram kanalida arxiv fotosuratlari namoyish etiladi), qulay oyoq kiyim va suv olib kelish tavsiya etiladi.
Ishtirok etish narxi: 350 000 so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali oldindan to‘lov qilish asosida amalga oshiriladi.