Visit Uzbekistan

Millat teatrida "Qo'rqma" saund-dramasi

Teatr

Millat teatrida "Qo'rqma" saund-dramasi
Sanalar
11-noyabr, 2026, 19:00
Joy
MILLAT TEATRI — mustaqil eksperimental absurd teatri, Toshkent
Manzil
Alisher Navoiy ko'chasi, 2k1
Narxi
50 000 so‘mdan

Millat teatrida Javlon Jovliyevning shu nomli asari asosidagi "Qo'rqma" saund-dramasi namoyish etiladi.

Spektakl yigirmanchi yillarda Germaniyada o'qigan va sovet hokimiyati tomonidan qatl etilgan yoshlar xotirasiga bag'ishlangan. Sahnalashtiruvchi va rejissyor — Abzal Xo'jayev, badiiy rahbar — Ulmas Temur, xoreograf — Margarita Xayrulina.

Shu kuni ikkita namoyish bo'ladi, yosh cheklovi — 14+.

Chiptalar narxi: 50 000 so'mdan.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar