Visit Uzbekistan

Ilmiy-intellektual debatlar

Ta‘lim

Ilmiy-intellektual debatlar
Sanalar
6-noyabr, 2026, 14:30
Joy
Ziyo Forum Yoshlar markazi, Toshkent
Manzil
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko'chasi, 8-uy
Narxi
Bepul

Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish "Ziyo Forum" fondi hamda ArticularUZ hamkorligida ilm-fan, xususan, koinot mavzusiga bag'ishlangan intellektual debatlar o'tkaziladi. Ishtirokchilar jamoaviy bahslarda o'z pozitsiyalarini himoya qilish, dalillar keltirish va raqiblarning fikrlarini rad etish orqali o'z bilimlari hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Debatlar davomida: dolzarb ilmiy mavzularda bahs-munozaralar; tanqidiy fikrlash va argumentatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish; jamoaviy ishlash va strategik fikrlash; o'z fikrini himoya qilish va intellektual bellashuv.

Tadbir tili: ingliz tili. Tashkilotchi: Ziyo Forum. Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish kerak.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar