Visit Uzbekistan

Tashkent Fintech International Forum

Ko‘rgazmalar

Tashkent Fintech International Forum
Sanalar
12-noyabr, 2026 – 14-noyabr, 2026
Joy
CAEx Uzbekistan, Toshkent
Manzil
Milliy bog' ko'chasi, 1

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida Tashkent Fintech International Forum bo‘lib o‘tadi.

Forum Markaziy Osiyodagi banklar, to‘lov xizmatlari, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari va regulyatorlarni bir maydonda jamlaydi. Tashkilotchilar 18 ming kvadrat metr maydonda 8 mingdan ortiq ishtirokchi va 200 ga yaqin kompaniya qatnashishini kutmoqda.

Uch kun davomida konferensiyalar, zamonaviy yechimlar ko‘rgazmasi va startaplar uchun pitch-sessiyalar o‘tkaziladi. Ishbilarmonlik dasturi har kuni soat 10:00da boshlanadi.

Forum yo‘nalishlari:

• sun’iy intellekt, ma’lumotlar va tahlil;

• xavfsizlik, biometrik texnologiyalar va raqamli identifikatsiya;

• to‘lov tizimlari va ochiq banking;

• raqamli innovatsiyalar va regulyator “sandbox”lari;

• bank mahsulotlari va integratsiyalashgan moliyaviy xizmatlar;

• raqamli aktivlar va blokcheyn.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 91−785−3324.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar