Soxibjamol va Maxluq
Teatr

- Sanalar
- 7-noyabr, 2026, 17:00; 8-noyabr, 2026, 12:30
- Joy
- Teatr - "Silk Route" qo'g'irchoq studiyasi Ekopark, Toshkent
- Narxi
- 100 000 so‘m
Bella sevimli kitobining syujetini yodga olib, qadrdon ko'chalarda o'ychan kezib yuribdi. Ixtirochi otasi bilan birga o'sgan bu kichik shaharchada hamma qizni g'alati deb hisoblaydi. Hech kim uning yolg'izligini va kitobxonlikka bo'lgan mehrini tushunmaydi. Albatta-da, axir bu yerda hayot bir maromda osuda o'tadi, sarguzashtlar haqida esa hech kim hech qachon eshitmagan! Ammo kutilmaganda... Bu qushcha nima deb sayrayapti? Nahotki dadasi xavf ostida bo'lsa? Tezda u kishining ortidan qalin o'rmonga yo'l olish kerak, aytishlaricha, u yerdagi qasrda yovuz Mahluq yasharmish!
Ko'hna qasr va uning barcha g'aroyib xo'randalari bunday go'zal qizni ko'rishmaganiga ancha bo'lgan edi. Biroq Bella nafaqat husni, balki qalbi bilan ham go'zaldir. U otasi uchun hech ikkilanmay o'zini qurbon qilishga tayyor. Hamda ko'rinishi dahshatli bo'lgan maxluqning mehribon qalbi va pokiza ruhini sevib qola oladi! Shuning uchun ham o'z taqdiringni unga ishonib topshirish mutlaqo qo'rqinchli emas, zero chinakam sevgi mo'jizalar yaratishga qodirdir.
Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish
Toshkentda yaqin tadbirlar
- Mastercard x ITICKET.UZ — 1-yanvar, 2026, iticket.az
- Tashkent City Tour — 16-yanvar, 2026, O'zbekiston mehmonxonasi
- Gyote institutida yosh rassomlar uchun San'at Up dasturi — 16-iyul, 2026, Gyote-Institut
- "Toshkent City" Sayilgohi — 6-avgust, 2026, Tashkent City Planetarium
- Mohamed Benshalalning ko‘rgazmasi — 5-sentabr, 2026, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- CCA Tashkent ochilishida “Hikmah” ko‘rgazmasi — 6-sentabr, 2026, Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent)