Visit Uzbekistan

Tubsiz chuqurlik

Boshqa

Tubsiz chuqurlik
Sanalar
10-noyabr, 2026, 18:00
Joy
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri
Manzil
Nukus shahri, E. Alako'z ko'chasi, 1-uy
Narxi
66 000 so‘m – 71 500 so‘m

"Tubsiz chuqurlik" pyesasi — to'qqiz ko'rinishdan iborat psixologik drama. Asarda inson taqdiri, hayot tanlovi, yomon muhitning inson hayotiga ta'siri, giyohvandlikning xavfli oqibatlari va vijdon masalasi badiiy tarzda ochib beriladi. Pyesaning bosh qahramoni Jaliqtoyning taqdiri orqali odamning noto'g'ri yo'lga kirib, nafaqat o'ziga, balki o'ziga yaqin insonlarning taqdiriga ham katta qayg'u keltirishi ko'rsatiladi. Qahramonning o'tmishiga qaytib, o'z xatolari bilan yuzma-yuz kelishi asarning asosiy dramatik tuguni hisoblanadi. Asarda ota-ona mehri, muhabbat, oila oldidagi mas'uliyat, insoniy qadriyatlar va vijdon azobi masalalari ko'tariladi. Bu psixologik drama yosh avlodni yomon odatlardan saqlanishga, hayot tanloviga mas'uliyat bilan qarashga, ota-ona qadriga yetishga va insoniy vijdonni yo'qotmaslikka chaqiradi. 2026-yilning yangi spektakli.