UZEX AI Hackathon
Ta‘lim

- Sanalar
- 7-noyabr, 2026 – 8-noyabr, 2026
- Joy
- UEnter
UEnter O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) bilan hamkorlikda hakaton o'tkazadi. Ishtirokchilar birjaning real masalalarini sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida hal qiladi.
Ta'lim va ishtirokga 3 kishidan iborat jamoalar taklif etiladi: ular biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va birjaning raqamli xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan prototiplarni ishlab chiqadi. 48 soat davomida tajribali mentorlar yordamida jamoalar O'zbekistonning eng yirik elektron savdo maydoni UZEX'ning real vazifalari uchun yechim prototiplarini yaratadi. Aniq vazifalarni tashkilotchilar hakaton boshida e'lon qiladi.
Eng yaxshi jamoalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o'rin uchun MacBook Air (3 dona), 2-o'rin uchun MacBook Neo (3 dona), 3-o'rin uchun Apple Watch (3 dona).
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 3-noyabrgacha.