Visit Uzbekistan

CAEx Mebel & Décor 2027 ko‘rgazmasi

Ko‘rgazmalar

CAEx Mebel & Décor 2027 ko‘rgazmasi
Sanalar
20-may, 2027 – 22-may, 2027
Joy
CAEx Uzbekistan, Toshkent
Manzil
Milliy bog' ko'chasi, 1

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida CAEx Mebel & Décor 2027 uchinchi xalqaro mebel va dekor ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

CAEx Mebel & Décor mebel va interyer dizayni sohasidagi innovatsion yechimlarni namoyish etuvchi kompaniyalar bilan uchrashish, shuningdek, mahalliy va xalqaro mebel hamda dekor brendlarini bir maydonda jamlaydigan platforma hisoblanadi.

Ko‘rgazmada mebel, interyer yechimlari, dekor mahsulotlari, mebel ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladi. Tadbir O‘zbekiston, MDH mamlakatlari va boshqa hududlardan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar hamda dizaynerlarni birlashtiradi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

• uy, ofis va jamoat maskanlari uchun mebel;

• yumshoq va korpusli mebel;

• to‘qimachilik va qoplama materiallari;

• mebel furniturasi va butlovchi qismlar;

• yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish uskunalari hamda texnologiyalari;

• dekor elementlari va interyer aksessuarlari.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−113−3333.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar