Visit Uzbekistan

Central Asia International Hardware Expo asboblar ko'rgazmasi

Ko‘rgazmalar

Central Asia International Hardware Expo asboblar ko'rgazmasi
Sanalar
24-noyabr, 2026 – 26-noyabr, 2026
Joy
O'zekspomarkaz, Toshkent
Manzil
Amir Temur shoh ko'chasi, 107
Narxi
Bepul

«O'zekspomarkaz»da birinchi marta Markaziy Osiyo xalqaro asboblar ko'rgazmasi — Central Asia International Hardware Expo o'tkaziladi.

Ko'rgazmani nemis Koelnmesse kompaniyasi o'tkazadi. Ekspozitsiyada qo'l, elektr va pnevmatik asboblar, abrazivlar, payvandlash uskunalari, mahkamlash buyumlari, qurilish materiallari, bog' texnikasi, himoya vositalari va qulflar taqdim etiladi. Xaridorlar uchun ishtirokchilar bilan oldindan belgilangan uchrashuvlarni o'z ichiga olgan Hosted Buyer dasturi ishlaydi.

Dastlabki ikki kun ko'rgazma soat 10:00 dan 18:00 gacha, oxirgi kuni esa 16:00 gacha ishlaydi.

Kirish oldindan ro'yxatdan o'tish bilan bepul. Havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin. Ko'rgazma soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Tashkilotchi — Koelnmesse, Inter Dialog va «O'zekspomarkaz» bilan hamkorlikda.

Ma'lumot uchun telefon: (+998) 71−238−5611.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar