Visit Uzbekistan

“Biz kimmiz?” ko‘rgazmasi

Ko‘rgazmalar

“Biz kimmiz?” ko‘rgazmasi
Sanalar
10-noyabr, 2026 – 10-dekabr, 2026
Joy
Toshkent fotosuratlar uyi, Toshkent
Manzil
Istiqbol ko‘chasi, 4

Toshkent fotosuratlar uyida British Council tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyati 30 yilligiga bag‘ishlangan “Biz kimmiz?” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ekspozitsiyadan British Council kolleksiyasiga mansub britaniyalik rassomlar Elizabet Prays, Rozalind Nashashibi, Erika Tan va Reychel Louning to‘rtta videoasari, shuningdek, O‘zbekiston madaniy hayotini shakllantirayotgan insonlarning shaxsiy buyumlari va hikoyalaridan iborat “Bugunning arxivi” maxsus loyihasi o‘rin olgan.

Ko‘rgazma xotira va o‘zlik haqida savollar qo‘yadi: biz nimalarni saqlab qolamiz va bugungi hikoyalar kelajak avlodlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kurator: Dona Qulmatova.

Batafsil ma’lumot — havola orqali.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar

Dam olish kunlari sayohatlari va turlar