Visit Uzbekistan

“Yarim tundagi o'g'rilik”

Teatr

“Yarim tundagi o'g'rilik”
Sanalar
13-noyabr, 2026, 17:00
Joy
O'zbekiston Davlat Drama Teatri, Toshkent
Manzil
Uygur ko'chasi, 2, Shayxontohur tumani, Toshkent
Narxi
55 000 so‘m – 66 000 so‘m

Miroslav Mitrovich qalamiga mansub “Yarim tundagi o'g'rilik” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida bo'lib, jamiyatdagi ochko'zlik, talonchilik illatlari kulgu ostiga olinadi. Spektaklda jamiyatda hukm surgan ikkiyuzlamachilik, birovning haqidan qo'rqmaslik, o'zboshimchalikni odat qilgan kimsalar kulgu orqali tanqid qilinadi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o'zgarishiga qaramay bugungi jamiyatda borligini, aslida jamiyatni izdan chiqarayotgan kichkina o'g'rilliklar emas, yashirin eshiklar orqasidagi, ko'zlardan pana joyda amalga oshirilayotgan talonchiliklar ekanidan tomoshabinni ogohlantirmoqchi bo'ladi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas, jamiyatda har qadamda duch kelinayotgan voqealarni, o'zi tanigan insonlarni ko'radi. Spektakl so'nggida esa o'zi izlagan savollariga javob ham topadi.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar