Visit Uzbekistan

"Yer baribir aylanaveradi"

Teatr

"Yer baribir aylanaveradi"
Sanalar
26-noyabr, 2026, 17:00
Joy
O'zbekiston Davlat Drama Teatri, Toshkent
Manzil
Uygur ko'chasi, 2, Shayxontohur tumani, Toshkent
Narxi
55 000 so‘m – 66 000 so‘m

“YER BARIBIR AYLANAVERADI” Sh. Boshbekov asari, sahnalashtiruvchi rejissyor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi O. Salimov. Ushbu spektakl teatrimiz ijodiy jamoasini yurtimizda keyingi bir, bir yarim yil ichida qilinayotgan o'zgarishlar, islohotlardan ilhomlanib sahnalashtirilgan. Spektaklda xalqimiz oldiga qo'yayotgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda to'siq bo'ladigan, xalaqit beradigan illatlar xususida ham alamli, ham dardli, ham ochiq muloqotga, bahsga chorlovchi spektakl sifatida qabul qilinadi. Spektaklda bugungi kunning qahramoni, ortidan xalqni ergashtira oluvchi, xalqni dardi bilan yashay oladigan rahbarning xarakteri, uning iztirob va orzulari ochib berilgan.

Toshkent: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish

Toshkentda yaqin tadbirlar