Farangiz Baxromova
Samarkand Tour Guide | Uzbek • Russian • Turkish | History & Culture
Men Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi gidman. O‘z shahrimning boy tarixi, go‘zal me’morchiligi va milliy qadriyatlarini sayyohlarga tanishtirishni yaxshi ko‘raman.
Ekskursiyalar davomida mehmonlarga tarixiy obidalar, Samarqandning urf-odatlari, milliy taomlari va mahalliy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar beraman.
O‘zbek, rus va turk tillarida muloqot qilaman. Har bir sayyohga individual yondashib, ularning sayohatini mazmunli, maroqli va unutilmas qilishga harakat qilaman.
Men uchun gidlik — bu nafaqat kasb, balki o‘z yurtimni dunyoga tanitish imkoniyatidir.