Amir Temur maqbarasi (Go'ri Amir)
Ko‘rgazmalar

- Sanalar
- 1-fevral, 2026 – 31-yanvar, 2027, 09:00
- Joy
- Amir Temur maqbarasi, Samarqand
- Manzil
- Samarqand shahri, Oqsaroy ko‘chasi, 1-uy
- Narxi
- 71 500 so‘m – 82 500 so‘m
Amir Temur maqbarasi O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Maqbara qurilishi buyuk Sohibqiron Amir Temur tomonidan 1403-yilda boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan.
Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy ustozi Mirsayid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko‘chiriladi va Sohibqironning bosh tomoniga dafn etiladi. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur pirining oyoq tomoniga dafn qilinishini vasiyat qilgan. Maqbaraga Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo, Shayx Sayyid Umar, Mirzo Ulug‘bek va Ulug‘bekning go‘dakligida vafot etgan ikki farzandi – Abdulla va Abdurahmonlar ham dafn qilingan.
Ulug‘bek tomonidan binoning ichi yangidan bezatiladi, maqbara sahniga daxmalar qo‘yilib, atrofiga nafis marmar toshdan panjara qilinadi. Maqbaraga 1424-yildan boshlab uning sharq tomoniga taqab qurilgan ko‘p gumbazli galereya orqali kiriladi. Muhammad Sulton majmuasidan faqat peshtoqigina saqlangan. Gumbazda jez, lojuvard va tilla suvlari ishlatilgan.
Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitilib, ustalik bilan ishlangan. Gumbaz ostki qismining aylanasi diametri 15 metr, aylana balandligi 12,5 metr bo‘lsada, uning og‘irligi sezilmaydi. Maqbara hilxonasidan gumbaz uchigacha 36 metrni tashkil etadi.
Mirzo Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Devorning pastki qismida ko‘kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning choklari ko‘kimtir toshlar terib bezatilgan.
Maqbaraning o‘rtasiga joylashgan sag‘analar ustida temuriylarga bag‘ishlangan yozuvli toshlar bor. Amir Temurning qabri ustiga to‘q yashil rangli nefrit tosh qo‘yilgan.
1994-1996-yillarda maqbarada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan katta hajmdagi ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.
Samarqand: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish
Samarqandda yaqin tadbirlar
- Nodir Devonbegi madrasasi — 1-fevral, 2026, Nodir Devonbegi madrasasi
- Mirzo Ulug'bek muzeyi-majmuasi — 1-fevral, 2026, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi muzey majmuasi
- Bibixonim maqbarasi — 1-fevral, 2026, Bibixonim maqbarasi
- O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi — 1-fevral, 2026, O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi
- Samarqand shahar tarixi "Afrosiyob" muzeyi — 1-fevral, 2026, Samarqand va Afrosiyob shahri tarixi muzeyi
- Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi — 1-fevral, 2026, Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi
Samarqandda ko‘rish kerak bo‘lgan joylar
- Registon Maydoni — Samarqand
- Gur-e-Amir Maqbarasi — Samarqand
- Shoh-i-Zinda Nekropoli — Samarqand
- Registon Kechki Yoritish Shou — Samarqand
- Samarqand Plov Darsi — Samarqand
- Bibi-Xonim Masjidi — Samarqand