Bibixonim maqbarasi
Ko‘rgazmalar

- Sanalar
- 1-fevral, 2026 – 31-yanvar, 2027, 09:00
- Joy
- Bibixonim maqbarasi, Samarqand
- Manzil
- Samarqand, Guzar ko'chasi, 22
- Narxi
- 27 500 so‘m – 38 500 so‘m
Amir Temur jome masjidining kunchiqar tomonida bundan 6 asr avval barpo qilingan, Amir Temurning suyukli va xotini zukko, tadbirkor hamda oqila Saroymulkxonim-Bibixonim abadiy uyquda yotibdi.
Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk ma’lumotlarni 1404-yili Samarqandga tashrif buyurgan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklaridan o'qishimiz mumkin. Maqbara qurilganda hashamatli va mahobatli bo'lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi 2 qavatli pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona joylashgan.
1941-yili arxeolog Yahyo G'ulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, ular maqbaraning XI-XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilinganligini aniqladilar. 1941-yilning iyun oyida Y.G'ulomov boshchiligidagi arxeologlar maqbaradagi qabrlarni ochib o'rgandilar. S.A. Lapinning yozishicha, u 1889-yili maqbaraga kirganida ushbu tobutning ustida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko'rganligini yozib qoldirgan.
1926-yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot o'tkazganida, bu yozuvli taxta o'g'irlanib, uning o'rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo'yilganligini yozgan edi. Haykaltarosh M.Gerasimov marhumaning hujjatli portretini yaratdi.
Tarixchilarning yozishlaricha, Bibixonim XIV asrning 40-yillarida Movorounnahrga xonlik qilgan Chig'atoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi bo'lgan. Taxminlarga ko'ra u 1341-yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. U balog'atga yetgach amir Qozog'onning nabirasi Husaynga turmushga beradilar. 1370-yili amir Husayn o'ldirilgach, Bibixonim Amir Temurga turmushga chiqadi.
Samarqand: sayohat qo‘llanmasi — Nimani ko‘rish, qachon borish va qanday yetib borish
Samarqandda yaqin tadbirlar
- Nodir Devonbegi madrasasi — 1-fevral, 2026, Nodir Devonbegi madrasasi
- Mirzo Ulug'bek muzeyi-majmuasi — 1-fevral, 2026, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi muzey majmuasi
- Amir Temur maqbarasi (Go'ri Amir) — 1-fevral, 2026, Amir Temur maqbarasi
- O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi — 1-fevral, 2026, O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi
- Samarqand shahar tarixi "Afrosiyob" muzeyi — 1-fevral, 2026, Samarqand va Afrosiyob shahri tarixi muzeyi
- Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi — 1-fevral, 2026, Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi
Samarqandda ko‘rish kerak bo‘lgan joylar
- Registon Maydoni — Samarqand
- Gur-e-Amir Maqbarasi — Samarqand
- Shoh-i-Zinda Nekropoli — Samarqand
- Registon Kechki Yoritish Shou — Samarqand
- Samarqand Plov Darsi — Samarqand
- Bibi-Xonim Masjidi — Samarqand